“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ axborot xizmati maʼlum qildi.

Xususan, 2022-yil 27-may kuni “Toshkent-Andijon-Toshkent” yoʻnalishidagi 64/63-sonli;

28-may kuni “Toshkent-Andijon-Toshkent” yoʻnalishidagi 60/59 hamda 62/61-sonli yoʻlovchi poyezdlarining;

Shuningdek, 28-may kuni 6408-sonli “Toshkent-Angren” hamda 29-may kuni 6409-sonli “Angren- Toshkent” shaharlararo yoʻlovchi poyezdlarining 1 ta reysi bekor qilinadi.

Bundan tashqari, 27-may kuni “Buxoro-Andijon” yoʻnalishida harakatlanadigan 391 sonli yoʻlovchi poyezdi “Buxoro -Toshkent”, 28-may kuni esa “Andijon -Termez” yoʻnalishida qatnovchi 397-sonli yoʻlovchi poyezdi, “Toshkent-Termez” yoʻnalishida amaldagi jadval boʻyicha harakatini amalga oshiradi.

Ushbu poyezdlarga oldindan xarid qilingan chiptalar yoʻlovchilarga toʻliq qaytariladi.

Izoh: Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.