Mamlakatimizda “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida bu yo'nalishda muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayotir. Xususan, mamlakatimizda sug'oriladigan  erlarning 7 foizida, ya'ni 285 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan.

2020 yil 27 oktyabr` kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O'zbekiston ekologik partiyasi fraktsiyasining yig'ilishida shu xususda so'z yuritildi. Unda fraktsiya a'zolari dastlab “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 2020 yil uchinchi choragida bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini eshitdi.

Ta'kidlanganidek, hisobot davrida mamlakatimizda COVID-19 pandemiyasi vaqtida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ishlar tizimli ishlar amalga oshirilgan. Xususan, import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining zarur hajmlari aniqlanib, bozorlardagi narxlarning kundalik monitoringi joriy etildi, sun'iy ravishda narxlar oshirilishining oldini olish yuzasidan qat'iy nazorat o'rnatildi.

Qayd etilganidek, sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida bugungi kunga qadar respublikada 285 ming gektar maydonda? ya'ni sug'oriladigan maydonning 7 foiz qismida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan. Shuningdek, 2020 yil 1 sentyabr` holatiga 1 trillion 419 milliard so'm miqdorda qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. Ushbu mablag' hisobidan 2,2 ming km ichimlik hamda 150 km oqova tarmoqlarida qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirildi.