Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-sentyabrdagi tegishli bayoniga asosan, joriy yilning 3-9-oktyabr kunlari “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” gʻoyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Yurtimizdagi barcha mahallalarda nuroniylar, shu jumladan, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida istiqomat qilayotgan keksalar ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbirlar, tanlovlar, xayriya tadbirlari, jumladan, nuroniy va yoshlar uchrashuvlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Barcha hududlar ushbu tadbirni keng nishonlash arafasida.

Bu haqda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi xabar qildi.