1973-yil 3-aprel kuni “IBM” kompaniyasi oʻzining eng keng tarqalgan chiziqli shtrix-kod belgilaridan biri boʻlgan “UPC ishlanmasini rasman taqdim etdi. Oʻsha kundan buyon, bu sana - ”Shtrix kod"ning tugʻilgan kuni sifatida yod olinadi. AQSHlik Norman Vudland va Bernard Silverlar uni yaratuvchilari hisoblanadi.

XX asrning eng ilgʻor va foydali ixtirolaridan biri boʻlgan “Shtrix-kod” - tovarlarni hisobga olish va tarqatish jarayonini avtomatlashtirishni boshlab bergan. Bu esa savdo majmualarida mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshiladi va tezlashtirdi.

1974-yil 26-iyunda shtrix kodli birinchi mahsulot - bir quti saqich boʻlib, ushbu saqichning paketlaridan biri "Smitson Amerika tarixi muzeyida saqlanadi.

Hozirda toʻrtburchak oq va qora rangli shtrix kodlar oʻrnini rasmlar egallamoqda.