Mutaxassislarning fikricha, oʻtgan dushanba kuni Yerdagi oʻrtacha harorat Selsiy boʻyicha 17 darajadan oshdi – 1979-yilda kuzatuvlar boshlanganidan beri bunday holat kuzatilmagan.

Oʻrtacha havo harorati yuqori emasdek tuyulishi mumkin. Aslida bu Yerning barcha mintaqalari, jumladan, okeanlar yuzasidagi maʼlumotlarning hisobga olinishi bilan bogʻliq. Amerikada iyul oyining boshida issiq ob-havo kuzatildi, janubiy va janubi-gʻarbiy qismida harorat 30 darajadan oshdi, Arizonada esa 45 darajagacha issiq boʻldi.

Anormal yuqori harorat boshqa hududlarda ham yuzaga kelmoqda. Yaqinda Pokistonda havo 50 darajagacha koʻtarildi. Xitoy, Vetnam va Tailandda ham yuqori harorat qayd etildi, deb xabar beradi mir24.tv.