“Navroʻz bayrami arafasida 13-mart kuni «Obod va koʻrkam mahallam” umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi.

Hashar davomida 10 ming gektarga yaqin yer-maydonlarni obodonlashtirish, 5 ming kilometrga yaqin ariq va lotokni tozalash, 9000 dan ortiq qabriston va 860 ga yaqin ziyoratgohni obodonlashtirish rejalashtirilgan.

500 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekiladi. Shuningdek, mahallalarda gul koʻchatlarini oʻtqazish, daraxtlarni oqlash va ularga shakl berish rejalashtirilgan.

Hashar kunlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga muruvvat yordamlari koʻrsatiladi. Jumladan, 3 mingdan ziyod kam taʼminlangan oilaning 30 ming kv.metrga yaqin uy-joylari hashar yoʻli bilan taʼmirlanadi.

Shuningdek, “Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasin” shiori ostida nogironlar, yolgʻiz keksalar, urush va mehnat fronti faxriylari hamda yordamga muhtoj fuqarolarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash koʻzda tutilmoqda».