30 ga yaqin turoperatorlar Namanganda jamlandi

    Joriy yilning 22-23-sentyabr kunlari Namangan viloyati info tur ishtirokchilarni “Namangan Xalqaro aeroporti”da tantanali karnay-surnaylar sadosi ostida kutib olindi.

    Namanganga turistlar oqimini yanada ko'proq jalb qilish maqsadida respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 30 nafarga yaqin turoperatorlar Yangiqo'rg'on tumanida joylashgan “O'n g'or”, “Ko'k saroy” va “Paradise” dam olish maskanlarida bo'lib, dam olish maskanlari to'g'risida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

    Chortoq tumanidagi "Sulton Uvays Qaraniy" ziyoratgohni info tur ishtirokchilariga yaqindan tanishtirildi.

    Pop tumani Chodak qishlog'idagi "Apart Cosmos Hotel", “Chir-chir momo” ziyoratgohi, “Kemping” dam olish maskanida bo'lishdi.

    Shundan so'ng “Musavvir 2” mehmonxona konferentsiya zalida B2B formatida uchrashuv tashkil etildi. Namangan viloyati hokimining o'rinbosari, Namangan viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig'i Botir Nuritdinov so'zga chiqib, uchrashuvni ochib berdi. Uchrashuvni respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 30 nafarga yaqin turoperatorlar va Namangan viloyatidagi 40 nafarga yaqin turizm sohasida faoliyat yuritayotgan biznes vakillari ishtirok etishdi.

    Biznes forum doirasida Turizm va madaniy meros vazirligi bosh mutaxassisi Sherzod Sultanov va Akbar Ikromov so'zga chiqib turistlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar to'g'risida o'z fikrlarni bildirdilar.

    Shuningdek, B2B formatda bo'lib o'tgan uchrashuvda viloyatimiz turbiznes vakillari bilan respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan turoperatorlar o'zaro aloqalarni o'rnatish maqsadida kelishuvlar amalga oshirildi.

    Shu bilan birga viloyatlarining turizm salohiyatini taqdimoti namoyish etildi. Hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha takliflar, sohadagi o'zgarishlar to'g'risida fikr-mulohazalar bildirib o'tildi.