5-10-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan tashrif doirasida mehmonlar Mo‘ynoq, Nukus va Xiva shaharlarining muhim madaniy va tarixiy obidalariga tashrif buyurdilar. Shuningdek, «Mizdaxkan» me’moriy-tarixiy majmuasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Infotur ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, sayohat ularda katta taassurot qoldirdi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatiga bo‘lgan tashrif davomida tur qantashchilari mintaqalarning madaniyati, milliy taomlari, mahalliy aholining mehmondo‘stligi hamda mamlakatimizning turizm salohiyati bilan tanishdilar, deb xabar beradi «Dunyo».