Unga koʻra, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi, Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi, Piskent tumani hokimligiga mazkur qarorga muvofiq yer balansiga tegishli oʻzgartirish kiritish topshirigʻi yuklatildi .

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining tegishli hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi tegishli Qonunlariga muvofiq, Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Z. Mirzayev 64-10-0-Q/22-sonli qarorni imzoladi.

Mazkur hujjat ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Sh.Mahmudov zimmasiga yuklatildi.