Toshkent – Xojikent – Toshkent yoʻnalishida tezyurar elektropoyezdlar harakatini yoʻlga qoʻyish maqsadida mazkur liniyadagi poʻlat izlar bosqichma-bosqich kapital taʼmirdan chiqarilmoqda. Navbatdagi kapital taʼmirlash ishlari “Toshkent MTU” UK ga qarashli BOZSU temir yoʻl stansiyasida amalga oshiriladi. Shu bois 2021-yil 30-iyul kuni Xojikent – Toshkent – Xojikent yoʻnalishida harakatlanadigan shaharlararo yoʻlovchi poyezdlarining 2 ta reysi, yaʼni

Soat 10:10 dagi “Xojikent–Toshkent”

Soat 14:06 dagi "Toshkent – Xojikent”

yoʻnalishlarida harakatlanadigan shaharlararo yoʻlovchi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi!

Boshqa reyslar harakat jadvali boʻyicha oʻzi vaqtida amalga oshiriladi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati.

Bu kabi noqulaylik uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbariyati yoʻlovchilardan uzr soʻradi.