Murojaatlarni quyidagi usullarda yuborish mumkin:
Platforma orqali: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog.uzedu.uz sayti orqali. Bunda ONE ID tizimi yordamida shaxsiy kabinetga kiriladi.
Portal orqali: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali.
Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrif buyurgan holda.
Attestatsiya bosqichlari:
Avgust–sentabr — murojaatlar (arizalar) qabul qilinadi;
Oktabr–noyabr — malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi;
Dekabr — sertifikatlar tarqatiladi.
Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlar bilan tanishishlari mumkin.
Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborish mumkin.