Bojxona organlari xodimlari noqonuniy dori vositalar aylanmasiga chek qoʻyish maqsadida tizimli ravishda tezkor tadbirlar oʻtkazib kelmoqdalar.

Navbatdagi tezkor tadbir Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Zangiota tumani hududida boʻlib oʻtdi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro K.X. “KIA BONGO III” rusumli yuk avtotransport vositasiga yuklangan umumiy qiymati 300 million soʻmlik jami 10 000 quti “Sefoperazon 1,0g” va “Sulbektam 0,5” nomli dori vositalarini shartli xaridorga noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.