3087 ta yangi ish oʻrni hisobotlarga qoʻshib yozilgani aniqlandi

    AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov Bosh prokurorning mamlakatimiz aholisiga yoʻllagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

    Aholi bandligi, yangi ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan dasturlar ijrosi ustidan nazorat ham kuchaytirildi. Xususan, oʻtkazilgan oʻrganishlarda 31 ming 087 ta yangi ish oʻrinlari hisobotlarga qoʻshib yozilganligi aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortildi.

    Bundan tashqari, 274 nafar ishchi — xizmatchilarning kechiktirilgan 966 mln soʻm ish haqlari undirib berilishi taʼminlandi. Prokurorlar tashabbusi bilan 311 marotaba mehnat yarmarkalari oʻtkazilib, ularda 4 ming 312 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi.

    Ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 mlrd. soʻmi talon – toroj qilinganligi aniqlanib, 34 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Tadbirkorlarga har tomonlama koʻmak berishga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻtgan davrda tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning 8 ming 257 nafariga «Tez yordam» tamoyili asosida amaliy yordamlar koʻrsatildi.

    Shundan 1 ming 509 nafariga 265 mlrd soʻm kredit, 238 nafariga 168 gektar yer maydoni, 46 nafariga bino ajratilishi, 458 nafariga ruxsatnoma va litsenziya berilishi, 3 ming 759 nafarini muhandislik tizimiga ulanishida amaliy koʻmak berildi. Natijada, faoliyat koʻrsatmayotgan 4 ming 432 ta tadbirkorlik subyektlarining faoliyati qayta tiklanishi hisobiga 3 mingdan ortiq ish oʻrinlari yoʻqotilishining oldi olindi.

    Shuningdek, 6 ming 200 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv va byurokratik toʻsqinliklar aniqlanib, bartaraf etildi hamda 3 ming 100 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

    Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 1 ming 644 ta muammolar ijobiy hal etildi.

    Kredit mablagʻlari talon – torojini oldini olish, muammoga aylangan kredit qarzdorliklarining qaytarilishini taʼminlash ishlari ustidan nazorat yanada kuchaytirildi.

    Prokuratura organlarining aralashuvi bilan qarzdorliklarning 6,4 trln. soʻmi amalda undirildi, 5,7 trln. soʻmlik kreditlar boʻyicha garovdagi mulklarning sotuvga chiqarilishi taʼminlandi, 1,2 trln. soʻmlik ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratildi.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablagʻlarining 1,5 trln. soʻmi talon — toroj qilinganligi aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 540 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.

    Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida jami 14,3 trln. soʻmlik yoki 54 foiz muammoli kreditlar qisqartirildi.

    Byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini taʼminlash, talon-toroj qilinishining oldini olish choralari koʻrilmoqda.

    Oʻtgan davrda har bir qurilish — taʼmirlash loyihasi prokuratura organlarida oʻrganilib, yangidan boshlanuvchi 1 ming 268 ta obyekt uchun tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlaridagi 1,8 trln. soʻm (yeki 22 foiz) mablagʻ maqbullashtirilishi orqali byudjetdan ortiqcha xarajat qilinishining oldi olindi.

    Shu bilan birga, qurilish sifati va mablagʻlardan maqsadli foydalanishga alohida eʼtibor qaratilib, 26,6 mlrd. soʻmlik sifatsiz ishlar va 44,5 mlrd. soʻmlik qoʻshib yozish holatlari joyida bartaraf etilib, huquqbuzarliklar oldi olindi.

    Olib borilgan nazorat tadbirlarida 32 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, davlatga yetkazilgan 17,6 mlrd. soʻmi zarar undirildi.

    Aholining kommunal xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv servis tashkilotlaridan boʻlgan qarzdorligini undirish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.

    Natijada, boshqaruv servis korxonalarining 299 mlrd. soʻmlik, issiqlik korxonalarining 249,2 mlrd. soʻmlik, ichimlik suvi korxonalarining 1 trln. soʻmlik qarzdorliklari undirildi.

    Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

    Koʻrilgan choralar natijasida respublikadagi mahallalarning 5 ming 763 tasida yoki 61 foizida jinoyat qayd etilmadi, 2 ming 947 tasi yoki 31,2 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishildi.

    Tezkor — qidiruv sohasida ham nazorat kuchaytirilib, noaniq sharoitlarda sodir etilgan 6 ming 880 ta jinoyat fosh etilishi hamda qidiruvda boʻlgan 3 ming 324 nafar shaxsning ushlanishi taʼminlandi.

    Surishtiruv va tergov organlarining 29 ming 448 nafar shaxsga nisbatan 23 ming 439 ta jinoyat ishi oʻrganilib, sudlarga yuborildi;

    Bevosita prokuratura organlari tomonidan:

    5 ming 504 nafar shaxsga nisbatan 3 ming 563 ta jinoyat ishi sudlarga yuborildi, jinoyat oqibatida yetkazilgan 1,5 trln. soʻmlik zarar undirildi.