Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari, Davlat bojxona qoʻmitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari va Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanuvinini oldini olish yuzasidan Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani hududida tezkor qidiruv tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida, fuqaro K.T. oʻzining yashash xonadonida tahminiy ogʻirligi 192,0 gr., tashqi koʻrinishidan “Gashish” giyohvandlik vositasini “Shartli haridor”ga sotgan vaqtida xodimlar tomonidan toʻxtatilib qolindi.
Shundan soʻng, fuqaro oʻzining yashash xonadonida saqlayotgan, tahminiy ogʻirligi 19,0 gr., “Gashish” giyohvandlik vositasini xodimlarga taqdim qildi va mazkur moddalar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.
Yana bir tadbir davomidagi aniqlangan holat, fuqaro K.T.ning koʻrsatmasiga asosan, Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani, uy oldida harakatlanib ketayotgan fuqoro A.X. toʻxtatilib, yonidagi buyumlari koʻzdan kechirilganida, egnidagi shimining orqa oʻng choʻntagida tahminiy ogʻirligi 100,95 gramm koʻrinishidan “Gashish” giyohvandlik vositasiga oʻxshash modda borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.