Ertaga – 2010 yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirishning oxirgi muddati

    2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;

    Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

    - 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;

    - 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;

    - 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentabrgacha;

    - 2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.

    Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

    Eski “prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat Davlat xizmatlari markazlariga, balki Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari (IIBB YHXBga murojaat qilishingiz yoki uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali buyurtma berishingiz mumkin.