Unda ishtirok etgan belbog'li kurash bo'yicha 34 nafar terma jamoamiz a'zolari (bosh murabbiy Bekbergan Boltaev) 8 oltin, 7 kumush va 16 bronza medaliga ega chiqib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Aynan 8 nafar chempion sportchilarimiz sharafiga madhiyamiz jahon arenasida sakkiz bora baralla yangradi, Vatanimiz bayrog'i sakkiz marta eng baland ko'tarildi.
Ta'kidlash joiz, belbog'li kurash bo'yicha yana bir terma jamoamiz uch kun avval Rossiyaning Qozon shahrida o'tgan ilk MDH o'yinlarida ham ishtirok etib, 7 oltin, 3 kumush va 1 bronza medal jamg'arib, umumjamoa hisobida birinchi bo'lishgan edi.
Demak, quyida jahon chempionatining g'olib va sovrindor sportchilari bilan tanishamiz:
Oltin medal sohiblari:
-45 kg. Habibjon Abdurashidov (Toshkent sh.)
-65 kg. Bek Komilov (Andijon)
-71 kg. Samandar Anvarov (Farg'ona)
-77 kg. Faryozbek Kozimov (Andijon)
-44 kg. Feruza Sobirova (Namangan)
-52 kg. Dildora Isroiljonova (Namangan)
-63 kg. Sevara Shajenova (Qoraqalpog'iston)
+70 kg. Shirinoy Yuldasheva (Namangan)
Kumush medal sohiblari:
-45 kg. Jasurbek Nishonboev (Andijon)
-50 kg. Abdumalik Dilshodbekov (Andijon)
-71 kg. Mirzajon Mirzajonov (Namangan)
-77 kg. Samandar Abdusalomov (Namangan)
-95 kg. Ilyosbek Mirzaxmatov (Namangan)
-44 kg. Mehribonu egamova (Andijon)
-57 kg. Zaxroxon Mahmudova (Farg'ona)
Bronza medal sohiblari:
-50 kg. Jumaboy Amirov (Navoiy)
-55 kg. Akbarjon Ubaydullaev (Farg'ona)
-55 kg. Asadbek Jalilov (Farg'ona)
-60 kg. Odiljon Pazliddnov (Namangan)
-60 kg. Diyorbek Polvonboev (Farg'ona)
-85 kg. Imomali Tolibov (Farg'ona)
-95 kg. Anvarjon Xo'jamurodov (Namangan)
+95 kg. Jamshid Ubaydullaev (Toshkent sh.)
-48 kg. Albina Allambergenova (Qoraqalpog'iston)
-48 kg. Musharrafxon Murodalieva (Farg'ona)
-52 kg. Yasmina Sodiqova (Namangan)
-63 kg. Mohinur Rahmonova (Xorazm)
-70 kg. Madinabonu Qaxramonova (Andijon)
-70 kg. Lazzat Tolepbergenova (Qoraqalpog'iston)
+70 kg. O'g'iloy Salimova (Farg'ona)
-57 kg. Gulbahor Mirodilova (Farg'ona)
Ilhom RAHMONOV tayyorladi