Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, kelgusida zavod tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi ortishi natijasida ularning tannarxi va mos ravishda birja savdolariga qoʻyiladigan boshlangʻich narxlari ham bosqichma-bosqich pasaytirib boriladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu narx arzonlashtirilishi soʻnggi uch oy ichida uchinchisi hisoblanib, avval joriy yilning 29-avgustdan sintetik dizelning 1 tonnasi uchun boshlangʻich narxi 15 550 500 soʻmdan 14 504 378 soʻmga, soʻng 13-sentyabrdan 13 897 110 soʻmgacha arzonlashtirilgan edi.

Sintetik dizelning boshlangʻich narxi 1 litr uchun hozirda 9930 soʻmdan birja savdolariga qoʻyilmoqda.

GTL yoqilgʻisining beqiyos tozaligi va uning yuqori samaradorligi texnikaning ishlash va texnik xususiyatlarini sezilarli darajada oshiradi.

“Uzbekistan GTL” yoqilgʻisi Shveysariyaning “SGS” guruhining Belgiya, Estoniya va Fransiyadagi sertifikatlangan markazlarida sinovdan oʻtkazilgan.

GTL dizeli “Yevro-4” va undan yuqori boʻlgan yonilgʻida ishlaydigan yengil avtomobillar va yuk mashinalari, shuningdek, mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan gabarit va maxsus dizel yonilgʻili transport vositalari uchun ideal tarzda mos keladi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan joriy yilning 31-oktyabridan Tovar xom ashyo birjasi orqali sotuvga qoʻyiladigan sintetik dizel yoqilgʻisi bir tonnasining boshlangʻich narxi 12 998 420 soʻmgacha arzonlashtirilishi belgilandi.