Bojxona organlari tomonidan tovarlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Milliy gvardiya vakillari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbirni oʻtkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro E.I. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtotransport toʻxtatilib, oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida umumiy qiymati 324 million soʻmlik tovar-moddiy boyliklari hamda yovvoyi oʻsimliklar, hasharotlarga qarshi kurashuvchi dori vositalari borligi aniqlandi.