Ularning 10 ming 87 tasi, ya'ni 93,6 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste'molchilar foydasiga jami 34 milliard 444 million 266 ming 276 so'm etkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Federatsiya va uning hududiy ijro organlari 72 murojaat asosida iste'molchilarning manfaatlarini ko'zlab sud organlariga da'vo arizasri kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 1 milliard 989 million 315 ming 487 so'm moddiy va ma'naviy zarar iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Iste'molchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi savdo sohasiga (4853 – jami arizalarning 45 foizi), to'g'ri keladi.

Tabiiy gaz (1086 – jami arizalarning 10,1 foizi), elektr (980 – jami arizalarning 9,1 foizi), suv ta'minoti (373 – jami arizalarning 3,5 foizi) sohalari ham murojaatlar soni bo'yicha etakchilik qilmoqda.

Qolgan murojaatlar xizmat ko'rsatish (357 – jami arizalarning 3,3 foizi), aloqa (349 – jami arizalarning 3,2 foizi), kommunal xizmat ko'rsatish (244 – jami arizalarning 2,3 foizi), transport (180 – jami arizalarning 2,1 foizi), sog'liqni saqlash (231 – jami arizalarning 2,1 foizi) va boshqa sohalarga (1784 – jami arizalarning 16,6 foizi) to'g'ri keladi.