Raqobat qoʻmitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga murojaatlar kelib tushgan.
Murojaatlarda ayrim qurilish tashkilotlari tomonidan xonadon xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq, toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilgan boʻlishiga qaramasdan, belgilangan muddatlarda uy-joylar topshirilmagani qayd etilgan.
Oʻrganishlar jarayonida Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 19-moddasi talablari buzilgani aniqlandi.
Shu asosda isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud organlariga 32 nafar fuqaro foydasiga jami 11 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻni undirish toʻgʻrisida daʼvo arizalari kiritildi.
Sud qarorlariga muvofiq, “GLAMUR GOLD”, “TRANSPORT FREE GROUP”, “LUCKY TECHNICAL”, “BROCCOLI PLUS” va “NUR” MCHJlardan 16 nafar isteʼmolchi foydasiga jami 6,7 mlrd soʻm mablagʻni qaytarish belgilandi.