Tanlov va tibbiy koʻrik Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Rossiya Federatsiyasining “PSP” tashkiloti oʻrtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi asosida oʻtkazilgan.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, fuqarolarni ish joyiga yetib borish (transport), ishlash uchun ruxsatnomasi (patent) va ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Fuqarolarga Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat migrantlari amal qilishi lozim boʻlgan yoʻl-yoʻriqlar toʻgʻrisida batafsil tushuntirish berilib, sohaga oid tarqatma materiallar berildi.
Shuningdek, yana 73 nafar fuqaro joriy yil 8-oktyabrda Samarqand xalqaro aeroporti orqali Amur viloyatiga ishlash uchun ketishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.
Shuningdek xabar orqali kosmodrom qurilishida ishlash istagidagi fuqarolar roʻyxatdan oʻtishi mumkin boʻlgan elektron manzil koʻrsatilgan.