344 ta hujjat loyihalarida 534 ta korrupsiyaviy omillar aniqlandi

    Adliya vazirligi vazirlik va idoralarning norma ijodkorligi faoliyati boʻyicha oʻtkazgan monitoring natijalarini eʼlon qildi.

    Unga koʻra, Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilgan 344 ta loyihalarda 534 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan. Xususan:

    136 tasi (26 foiz) maʼmuriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki toʻliq emasligi

    123 tasi (23 foiz) diskretsion vakolatlarning kengligi

    43 tasi (8 foiz) normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida ziddiyatlarning mavjudligi

    38 tasi (7 foiz) noaniq va asossiz havolalar keltirilganligi

    23 tasi (4 foiz) vaqt chegaralarining aniq belgilanmaganligi

    171 tasi (32 foiz) boshqa korrupsiyaviy omillar hisoblanadi.