“El-yurt umidi” jamg'armasi tomonidan O'zbekiston uchun eng ustuvor sohalarda, mutaxassisliklar kesimida  350 o'ringa mo'ljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini e'lon qilindi!

Jamg'arma 2021-2022-o'quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

 bakalavriat ta'lim dasturi uchun 100 nafar,

 magistratura ta'lim dasturi uchun 150 nafar,

 doktorantura ta'lim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratishini ma'lum qiladi.

Nomzodlarning hujjatlari 2021-yil 1-apreldan 1-mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari 2021-yil 1 maydan – 20-mayga qadar davom etadi.