«Bozor konsentratsiyasini nazorat qilish yoʻnalishida, qoʻshib yuborish va aksiyalarni olish boʻyicha 114 ta bitimga oldindan rozilik berildi. Umumiy qiymati 328 mln dollar boʻlgan bitimlarning 59 foizida xorijiy investorlar ishtirok etgan.
Savdolar va davlat xaridlari jarayonida raqobatni taʼminlash maqsadida 4 200 ta tender va davlat xaridlari jarayonlari oʻrganildi. 50 foizdan ortigʻida raqobatni cheklovchi omillarning oldi olindi. Natijada, 437 mlrd soʻmga yaqin byudjet va korporativ mablagʻlari iqtisodiga erishildi».