Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
3-oktyabrda respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi.
Bugun kun davomida respublikaning ayrim togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Havo harorati +18...+23 daraja atrofida, janubda +25...+27 darajagacha boʻladi.
Dam olish kunlari Oʻzbekiston boʻyicha quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat kunduz kunlari +20...+25 daraja boʻladi. Faqat ayrim togʻli hududlarda yomgʻir yogʻadi.
Bugun kunduzi choʻl hududlarda, 4-5-oktyabr kunlari shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat 3-oktyabrda +20...+22 daraja; 4-oktyabrda kechasi +10...+12 daraja, kunduzi +23...+25 daraja; 5-oktyabrda kechasi +10...+12 daraja, kunduzi +21...+23 daraja boʻladi.









