4 aprel - Xalqaro veb-mutaxassisilar kuni. Bu sana qaysi raqamlardan olinganini bilasizmi?

    Bugun veb-mutaxassislar o‘zlarining kasb bayramlarini nishonlamoqda.

    "Veb-mutaxassis" termini butunjahon internet tarmog‘i yaratuvchisi Tim Berners-Lining 1992 yildagi uslubiy qo‘llanmasida keltirib o‘tilgan.

    Xalqaro veb-mutaxassisilar kuni barchaga tanish bo‘lgan "404 EROR" (Veb-sahifa topilmadi) xatoligi raqamlaridan olinib, aynan 4 aprel (4.04) kuni nishonlanadi.

    Ular o‘zida veb dizayner, dasturchi, moderator, kontent menejeri va veb-sahifalar bilan bog‘liq bir qancha mutaxassisliklarni o‘zida mujassamlashtirgan kasb hisoblanadi.

    Ammo shunga qaramasdan veb-mutaxassislar 2010 yildan buyon IT-kasblar ro‘yxatidan rasmiy ravishda olib tashlangan.