Koreya Respublikasi Eksimbanki ishtirokidagi “Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsion texnologiyalarni yana-da rivojlantirish” loyihasi doirasida Qoraqalpogʻistondagi 260 ta umumtaʼlim maktablari 3 ming 997 dona zamonaviy kompyuter jamlamasi (printer router va zarur boshqa texnikalar) bilan jihozlandi.

Ushbu kompyuterlar asosan olis qishloqdagi maktablarga tarqatildi, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.