Shu yil 4-sentyabrdan boshlab “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkentdan Jiddaga va ortga qaytuvchi muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Aviakompaniya maʼlumotiga koʻra, bu Makka va Madinaning musulmon ziyoratgohlariga tez va qulay tarzda borish imkonini beradi.

Toshkent-Jidda-Toshkent muntazam parvozlari  har kuni amalga oshiriladi.

“Ushbu yoʻnalishdagi aviachiptalar qaytarilmaydigan tarif ekanligiga eʼtibor berishingizni va ularni rasmiylashtirishdan oldin qaytarish hamda qayta bron qilish cheklovlari bilan diqqat bilan tanishib chiqishingizni soʻraymiz”, deyiladi  aviakompaniya xabarida.

Taʼkidlash joizki, endi Oʻzbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga borish uchun ushbu  mamlakat Turizm vazirligi portali orqali vizani onlayn tarzda olishlari mumkin.