Tadbirda fuqarolar R.U va Oʻ.M. oʻzaro til biriktirib, fuqaro J.ga omborxona binosi qurish uchun tuman hokimligi zaxirasidan 40 sotix yer maydoni ajratish masalasini 100 000 AQSH dollari evaziga tanishlari orqali hal qilib berishini aytib, oldindan 25 000 AQSH dollari va 65 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.