Bu haqda federatsiyasi matbuot xizmati ma'lum qilishicha, murojaatlarning 13 ming 317 tasi ya'ni, 98,5 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste'molchilar foydasiga jami 43 milliard 586 million 553 ming 467 so'm etkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan kelib tushgan 150 ta murojaat asosida iste'molchilarning manfaatlarini ko'zlab sud organlariga da'vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 2 milliard 8 million 415 ming 393 so'm moddiy va ma'naviy zararlar iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Iste'molchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi savdo (6716 – jami arizalarning 49,7 foizi), tabiiy gaz ta'minoti (1309 – jami arizalarning 9,7 foizi), elektr ta'minoti (1095 – jami arizalarning 8,1 foizi), kommunal xizmat ko'rsatish (338 – jami arizalarning 2,5 foizi), suv ta'minoti (439 – jami arizalarning 3,2 foizi), xizmat ko'rsatish (servis) (533 – jami arizalarning 3,9 foizi), transport (385 – jami arizalarning 2,8 foizi), aloqa (395 – jami arizalarning 2,9 foizi), sog'liqni saqlash (238 – jami arizalarning 1,8 foizi) va boshqa (2186 – jami arizalarning 16,2 foizi) sohalarga to'g'ri keladi.