Moddiy yetishmovchilik sabab bolalarga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma olinmagan. Lopotin maktab yoshiga yetgach, onasi uni imkon topib Fargʻona shahridagi 24-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga olib bordi. 11 yil davomida mana shu maktabda bilim olgan Konstantin yillar davomida oʻzining rasmiy hujjatlari boʻlishini, mamlakat fuqarosi deyishlarini istagan.
1997-yildan shu kunga qadar Konstantin bir nechta mutasaddilar, huquqshunoslar, hokimlik vakillaridan tugʻilganlik haqidagi guvohnoma olishda koʻmak soʻraydi. Afsuski, ulardan qoniqarli javob olmadi. Aniq bir fuqaroligi boʻlmagan Konstantin Lopotin shu kungacha oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishni orzu qildi.
Davlat ishida ham ishlamoqchi boʻldi, ammo har bir ish joyidan maʼlum hujjatlar soʻralardi. Shu sababli yillar davomida u yollanma ishchi sifatida faoliyat olib bordi. Lopotinning soʻnggi soʻrov manzili Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi boʻldi. Oʻzini qiynab kelayotgan mavjud muammoni aytdi. Boshqarma xodimlari esa darhol sudga daʼvo arizasini kiritishdi.
Arizada Konstantin Lopotin 41 yildan buyon Oʻzbekistonda istiqomat qilayotganligi, unga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma berilishi soʻraldi. Ariza qanoatlantirildi. 45 yoshida rasmiy hujjatlarni qoʻlga olgan Konstantin birinchi navbatda uy sotib olish, soʻngra oila qurish niyatida.
Bu haqda Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi rasmiy telegram kanalida maʼlumot berilgan.