46 yillik muammo qisqa muddatda bartaraf etildi

    Ijtimoiy hayot 15 Sentabr 2021 763

    Samarqand viloyati Jomboy tumanida yashovchi fuqaroning 46 yildan beri yechimi topilmagan muammosi hal etildi.

    Jomboy tumanining “Sarichashma” qishlogʻida yashovchi Suslov Valentin Pavlovich 46 yildan buyon hech qanday hujjatsiz yashab kelgan. Chunki oiladagi turli sabablar bois, u vaqtida tugʻilganlik guvohnomasi ololmagan. Shu tariqa unga shu paytga qadar shaxsini tasdiqlovchi pasport olishga ham imkon boʻlmagan.

    Jomboy tuman FHDYO boʻlimi tomonidan sud qarori asosida ushbu fuqaroga amaliy yordam koʻrsatilib, 46 yillik muammo bartaraf etildi. Uning tugʻilganligi tiklandi. Tugʻilganlik guvohnomasi unga tuman FHDYO boʻlimi xodimlari tomonidan xonadoniga tashrif buyurgan holda, sayyor tartibda topshirildi.

    Endi Suslov Valentin Pavlovich FHDYO boʻlimining mana shunday koʻmagidan soʻng pasport olish niyatida. Darhaqiqat, tashrif davomida oilaning bugungacha fuqarolik nikohi asosida yashab kelayotganligi aniqlandi. Tez orada mazkur masala ham hal qilinib, er-xotin qonuniy nikohdan oʻtkaziladi.