Natijada 292 ta oila, shuningdek, 170 nafar vaqtincha ishsiz yigit-qizlar daromad topish, ro'zg'origa baraka kiritish bo'yicha qo'shimcha imkoniyatga ega bo'lishdi.
– Mazkur aktsiyaga aynan muborak Ramazon hayiti arafasida start berilganida ham katta hikmat bor, aslida, – deydi Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov. – Prezidentimizning topshirig'iga binoan, aholi bandligini ta'minlash, ehtiyojmand oilalarni kambag'allikdan chiqishiga yordam qo'lishni cho'zish birinchi galdagi burchimizdir. Hech qanday majburiyatlarsiz, bepul foydalanish sharti bilan berilayotgan maydonlardan qancha ko'p serdaromad olinsa, xalqimiz boy, o'ziga to'q bo'lsa, vazifamizni bajargan bo'lamiz. Zamindan samarali foydalangan, ishning ko'zini biladigan aholi vakillari, yoshlar uchun bu – katta imkoniyat. Agarda ular bu yumushning uddasidan chiqsa, kelgusi yillarda ham kooperatsiya shaklida yoki boshqa mulkiy ko'rinishda erlar ularda qoladi.
Beruniy, Sergeli, Surum qishloqlari hududidagi bu maydonlarda sholi, dukkakli va poliz ekinlari ekish mumkin. ehtiyojmandlarga zaminni taqsimlashda adolatli yondashuvni ta'minlash uchun tuman kengashi deputatlari, YOshlar ittifoqi tuman kengashi, Aholi bandligiga ko'maklashish markazi vakillari, mahalla faollari, sektor rahbarlaridan iborat ishchi guruh tuzildi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatiga ko'ra, bugun viloyatning har bir hududida saxovat, ezgulik, yangi tashabbuslar, davlatimiz rahbarining xalqchil islohotlaridan tug'ilgan olijanob g'oyalarga amal qilinmoqda. eng muhimi, odamlar bir tanu bir jon bo'lib, yangi O'zbekistonni qurish yo'lida astoydil faoliyat ko'rsatyapti.