475 124 nafar nuroniy bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

    Bu haqda AOKAda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.

    Joriy yilning oʻtgan davrida “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 1 775 nafar keksalarga nogironlar aravachasi, 1489 nafariga eshitish moslamasi, 2 132 nafariga hassa, 1016 nafariga koʻzoynak, 864 nafariga boshqa reabilitatsiya vositalari olib berildi.

    475 124 nafar nuroniylar bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. 22 745 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolgʻiz va yolgʻiz yashovchi keksalarning 3565 nafariga dori-darmon vositalari, 8266 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari, 3785 nafariga moddiy yordam berildi, 168 nafarining uy-joylari taʼmirlandi.

    Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan boshlangan “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” loyihasini amalga oshirish maqsadida 16 224 nafar obroʻ-eʼtiborli nuroniylar va ziyolilar 154 218 nafar ishsiz, tarbiyasi ogʻip va muammoli yoshlarga biriktirildi.

    Natijada, ular tomonidan 470 nafar yoshlarning oʻqishlarini tiklashda, 27 667 nafarining ishga joylashishlarida koʻmaklashildi, 211 mingdan ortiq tarbiyasi ogʻir yoshlarning toʻgʻri yoʻlga tushib olishlariga erishildi, 1 465 ta ajralib ketish oldida turgan yosh oilalar yarashtirildi.

    Eslatib oʻtamiz, 3-9-oktyabr kunlari mamlakatimizda “Keksalar haftaligi” tadbirlari oʻtkazilmoqda.