Umuman olganda, 5G tarmoqlarining rivojlanishi inson tanasiga katta ta'sir ko'rsatmaydi, chunki tana yangi ekologik sharoitlarni yaxshi qabul qiladi va moslashadi. Biz shu tariqa rivojlanamiz, dedi "SberZdorov`e" xizmatining tibbiy direktori Vladislav Muhammad Ali “Praym” agentligiga.
“Shunday bir hodisa mavjudki, odamlar ekranlangan joyga joylashganda, ular elektromagnit maydonga tushgan paytida o'zlarini yomon his qila boshlaydi. O'ylaymanki, 5G texnologiyasi bilan xuddi shu narsa sodir bo'ladi. Biz bunga ko'nikib ketamiz va bo'lishi mumkin bo'lgan taxminiy o'zgarishlar bizning tanamiz tomonidan tartibga solinadi”, deya qo'shimcha qiladi ekspert. Bundan tashqari, sayyoramizning o'z elektromagnit maydoni, quyosh nurlari va boshqa elektromagnit maydonlar mavjudligini unutmang.