Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati Choptok tumanida yashovchi 18 yoshli T.B. sodir etganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan T.B. internet foydalanuvchilariga oʻzining "Telegram" messenjeridagi “bezmakler” nomli kanali orqali Toshkent shahridan ijaraga xonadon topib berishini vaʼda qilgan holda fuqarolarni qiziqtirib, oldindan boshlangʻich toʻlov sifatida ularning pullarini oʻzining bank kartasiga oʻtkazib olgan, soʻng yozishmalarni oʻchirib yuborib, qingʻir yoʻllar bilan boylik orttirib kelayotgani maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib,T.B.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.