Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahrida yashovchi, 1990-y.t., muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan shaxs oʻzining tanishlari yordamida, Guliston shahrida istiqomat qiluvchi, 1998-y.t. fuqaroni Qoʻshma Shtatlarga yuborish evaziga 35 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Samarqand shahrida yashovchi, 1996-y.t., muqaddam sudlangan shaxs hamshahari boʻlgan 1978-y.t. ayolning ishonchiga kirib, 50 ming AQSH dollari evaziga u va uning 2013-y.t. qizini “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi – Meksika – AQSH” yoʻnalishi orqali Qoʻshma Shtatlarga yuborishni vaʼda qilib, zarur boʻladigan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.
Boshqa bir holatda esa Samarqand shahrida yashovchi, 1974-y.t., muqaddam sudlangan ayol Bulungʻur tumanida istiqomat qiluvchi, 1984-y.t. fuqaro va uning 1986-y.t. qarindoshini 24 ming AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida Kanada davlatiga ishga yuborishni vaʼda qilib, oldindan 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.