Oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishida umumtaʼlim maktablarining zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari bilan taʼminlanganligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Buxoroda mahalliy hokimliklar tomonidan bu jihatga eʼtibor kuchaytirilib, ezgu tashabbuslar keng qamrov kasb etmoqda.
Xususan, bayram arafasida Shofirkon tumanidagi 50 ta umumtaʼlim maktabiga mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 1 milliard 26 million soʻm evaziga elektron doskalar olib berildi.
Bunday ezgu va xayrli tashabbuslar yurtimiz boʻylab quloch yozsa, yaʼni hokimliklarga ibrat boʻlsa ne ajab...