50 yoshdan keyin internetdan foydalanish demensiya xavfini kamaytiradi

    Nyu-York universiteti tadqiqotchilari kuniga olti daqiqadan ko'proq internetdan foydalanish keksa odamlarda demensiya xavfini kamaytiradi, degan xulosaga kelishdi.

    Tadqiqot 17 yil davomida demensiya kasalligiga chalinmagan 18 000 dan ortiq amerikaliklar o'rtasida o'tkazildi. Tajriba ishtirokchilari 50 dan 65 yoshgacha bo'lgan.

    Ma'lum bo'lishicha, internetdan muntazam foydalanish demensiyaning rivojlanish xavfini taxminan 50 foizga kamaytiradi. Mazkur natija insonning ta'lim darajasiga, jinsiga yoki irqiga bog'liq emas, deyiladi mir24.tv saytida.

    Journal of the American Geriatrics Society (JAGS) ma'lumotlariga ko'ra, kuniga 10 daqiqadan ikki soatgacha internetdan foydalanganlar orasida demensiyaga chalinish xavfi eng past ko'rsatkichda bo'lgan.