Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat bankining mas’ul shaxslari fuqaro I.M.ning bank omonatiga qo‘ygan 500 ming AQSH dollarini soxta hujjatlar asosida qo‘lga kiritib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Holatga ko‘ra, bank xodimlari omonat mablag‘larini qalbaki hujjatlar orqali rasmiylashtirib, noqonuniy ravishda yechib olgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 167-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.