Qayd etilishicha, “Milliy bank” tomonidan “S.T.E.” qoʻshma korxonasiga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit ajratilgan. Biroq korxona kredit shartlarini bajarmaganligi sababli 523 138 AQSH dollari miqdorda muddati oʻtgan foiz qarzdorlik yuzaga kelgan.
Samarqand shahar iqtisodiy sudining 2022-yil 14-avgustdagi qaroriga koʻra, qarzdorlik undirilib, garovga qoʻyilgan bino va sport kiyimlari, trikotaj, polietilen mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalariga yoʻnaltiriladi.
MIB Samarqand boshqarmasi korxona rahbarini bir necha bor ogohlantirgan, bank hisoblariga inkasso yuborilgan, mol-mulkka taqiq qoʻyilgan. Qarz toʻlanmagach, garov binosi onlayn auksionda sotishga chiqarilgan.
Sotuvdan tushgan mablagʻ qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltiriladi.