Maʼlum qilinishicha, joriy yilning yanvar-fevral oylarida nomaʼlum shaxs Chilonzor tumanida joylashgan yirik savdo majmuasi omboridan 2001-yilda tugʻilgan S.U.ga tegishli 55 mln soʻmlik 275 juft ayollar poyabzalini oʻgʻirlab ketgan.
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 1990-yilda tugʻilgan N.O. aniqlanib, qoʻlga olingan. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Tergov davom etmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan”, deyiladi xabarda.