баннер
30 Mar 2025
01:03

    Qiziqchi Shukurullo Isroilovning mashinasini oʻgʻirlab ketishdi

    Oʻgʻirlagan shaxs 10 daqiqada qoʻlga olindi.

    Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga Mirzo Ulugʻbek tumanida avtomobil olib qochilgani haqida xabar kelib tushadi.

    Maʼlum boʻlishicha, nomaʼlum shaxs Mirishkor koʻchasida ochiq qoldirilgan “Mercedes-Benz” rusumli avtomobilni oʻgʻirlab qochib ketgan.

    Taʼkidlash oʻrinliki, Toshkent shahrida avtomobilni olib qochib, uni yashirish imkonsiz. Kuzatuv kameralar yordamida jinoyatchi ham, transport vositasi ham topiladi.

    Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan mashinani topish va egasiga qaytarish choralari koʻrildi.

    Olib qochilgan transport vositasi Uchtepa tumani Zargarlik koʻchasida toʻxtatildi. Gumonlanuvchi fuqaro va olib qochilgan transport vositasi Jinoyat qidiruv xodimlariga topshirildi.

    Transport vositasini 1998-yilda tugʻilgan Sherzod ismli shaxs ochiq qolganidan foydalanib, olib qochib ketgan.

    Mashinamni qulflamasdan, kalitni ichida qoldirib, bir joyga kirib ketdim. Chiqsam, mashinam yoʻq. Avvaliga kimdir men bilan hazillashdi, deb oʻyladim. Keyin “102”ga qoʻngʻiroq qildim. Ishonasizmi, 10 daqiqa oʻtmay mashinamni topib berishdi, — deydi Shukurullo Isroilov.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 267-moddasi bilan ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Mazkur moddaga koʻra, 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech