5G Oʻzbekistonning barcha hududida joriy etiladi

    Joriy yilning mart oyidan boshlab Oʻzbekistonda 5G Internet tarmogʻi mamlakatning barcha hududida joriy etila boshlandi.

    Qolaversa, beshinchi avlod interneti mamlakatning sayyohlik markazlarida uch yil avval paydo boʻlgan edi.

    Oʻzbekistonda internetdan 31 milliondan ortiq kishi foydalanadi. Ularning 29 million nafari mobil internet foydalanuvchilari hisoblanadi. Bozor va talab katta.

    “Joriy yilda 3000 dan ortiq baza stansiyalarini modernizatsiya qilish va yana 2000 ta yangisini qurish rejalashtirilgan. Bu mamlakatda mobil aloqa sifati va tezligini oshiradi. Bundan tashqari, baza stansiyasini 5G standartiga oʻtkazish boshlandi. Shunday qilib, abonentlar mobil internetdan beshinchi avlod tezligida bemalol foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishyapti, – deydi “Oʻzbektelekom” AK matbuot xizmati rahbari Temir Mamajonov.

    Qozogʻiston Oʻzbekistondan nafaqat internet tezligi, balki tariflar narxi boʻyicha ham ortda qolmoqda. Oʻzbekiston dunyodagi eng arzon mobil aloqaga ega 15 davlat qatoriga kiradi. MDHda esa kuchli toʻrtlikdan joy olgan.

    Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda aholi punktlarining 95 foizi mobil internet bilan qamrab olingan. Biroq internetsiz qolgan qishloqlar soni yuzdan oshadi. Bu, xuddi Qozogʻistondagi kabi, bu sohada monopoliya mavjudligi tufayli yuzaga kelgan. Bozordagi eng yirik ishtirokchi, davlat kompaniyasi hisoblanadi. Endi bu sohani rivojlantirish uchun subsidiyalar ajratiladi, xususiy sektor ham jalb qilinadi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda telekommunikatsiya texnologiyalari uchun bojxona toʻlovlari bekor qilinadi, deb xabar beradi inbusiness.kz.