Maʼlumot berilishicha, 5G bozorida Huawei ulushi 26,9 foizni tashkil etgan. Ikkinchi oʻrinni 25,1 foiz ulush bilan Samsung egalladi. Yuqori uchlikni 19,5 foiz ulush bilan Apple yakunlagan. Keyingi oʻrinlarda Xitoyning Vivo va Honor kompaniyalari egalladi. Ularning bozordagi ulushi mos ravishda 11,8 va 6,9 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, mutaxassislar Huawei va Samsung kompaniyalarini taqqoslashdi. Oxirgi chorak natijalariga koʻra, Koreya kompaniyasi raqobatchisini ortda qoldirgan – masalan, noyabrda beshinchi avlod tarmoqlarida koreyslarning 44,9 va xitoylarning 8,6 foiz qurilmasi roʻyxatga olingan.
Qayd etilishicha, AQSH sanksiyalariga qaramasdan, Huawei koʻplab buyurtmalarga ega va 5G infratuzilmasini faol rivojlantirmoqda.