Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, tovarlar kontrabandasini oldini olish bojxona organlarining asosiy vazifalardan biridir.

Bu borada Toshkent shahar bojxona boshqarmasida ham bir qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari “Chuqursoy” hamda “Chuqursoy texnik idorasi” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Xitoy davlatidan yurtimizda faoliyat olib boruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga yuk konteynerida keltirilgan yuk hujjatlariga koʻra “trikotaj mato” tovarlarini bojxona koʻrigidan oʻtkazishdi.

Buni qarangki, yoʻl yuk kuzatuv hujjatlarida “trikotaj mato” tovarlari koʻrsatilgan boʻlsada, aslida bojxona koʻrigi davomida hujjatlarda umuman qayd etilmagan qiymati 6 mlrd. 100 mln. soʻmlik 712 396,6 metr kvadrat parda va parda matolari borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur tovarlarga 1,6 mlrd.soʻm miqdorida bojxona toʻlovlari hisoblandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.