Qarorga koʻra, 2022-yil 1-iyulgacha respublikadagi:
● 1 227 ta koʻp kvartirali uy-joy;
● 30 ta maktab;
● 64 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
● 9 ta OTM va kollej;
● 90 ta avtoturargoh;
● 173 ta bolalar maydonchalari joylashgan hududlar (jami 16 281 878 kv. m maydon) ochiq tanlov oʻtkazish yoʻli bilan boshqaruvchi tashkilotlarga biriktiriladi.
Barcha davlat buyurtmachilariga tanlangan boshqaruvchi tashkilot bilan biriktirilgan hududda istisno tariqasida tanlov oʻtkazmasdan kommunal va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat etiladi.
Qarorga koʻra, 2022–2025-yillarda:
➖ 6 085 ta koʻp kvartirali uy-joylar mukammal va joriy taʼmirlanadi;
➖ 1 800 ta bolalar maydonchasi quriladi va taʼmirlanadi;
➖ koʻp kvartirali uy-joylarga tutash 1 102 ming kv. m maydondagi yoʻlaklar betonlanadi;
➖ 14 387 ta tashqi yoritish tizimi taʼmirlanadi.
Shuningdek, ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan va maʼnan eskirgan jami 268 ta koʻp kvartirali uy-joylar renovatsiya qilinadi. Shundan 2021-yilda 211 ta uylar buzib qayta tiklanadi hamda 57 tasi rekonstruksiya qilinadi.
2021-yil 1-iyuldan har bir koʻp kvartirali uy-joy uchun majburiy badallarning yoki toʻlovlarning alohida hisobi yuritilishi shart.
Qarorga koʻra, mulkdorlar yoki boshqaruvchilarga koʻp kvartirali uy-joylarga tutash yer uchastkalari chegaralari va oʻlchamlarini belgilash hamda ularga doimiy foydalanish huquqini belgilovchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun toʻlovlarni bir yil davomida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi.
Boshqaruvchilar bir yilda bir marta koʻp kvartirali uy-joylardagi tayanch va toʻsiq konstruksiyalar (umumiy mol-mulk) butligini xatlovdan oʻtkazadi.