Joriy yilning 12-yanvar soat 18:00 holatiga koʻra, Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz saytiga ulangan tashkilotlar soni 13 732 tani, tanlov jarayonlari davom etayotgan vakansiyalar 13 917 tani tashkil etmoqda.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi maʼlumotlariga koʻra, shu paytga qadar portal orqali eʼlon qilingan ochiq tanlovlarda 425 073 nafar nomzod qatnashgan boʻlib, ulardan 6 469 nafari davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingan.
Ayni paytda portalda 130 409 nafar fuqaro oʻz rezyumesini shakllantirgan.