6-“Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Rossiyadan Oʻzbekistonga yoʻl oldi!

    Transport 27 Sentabr 2021 571

    Bundan 10 yil muqaddam mamlakatimiz aholisi va mehmonlariga sifatli transport xizmatlarini koʻrsatish maqsadida yurtimizga Ispaniyadan dastlabki “Afrosiyob” zamonaviy elektropoyezdi olib kelingan edi.

    Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida bunday zamonaviy poyezdlarimiz soni 5 ta yetkazildi.

    Shuni alohida taʼkidlash joizki, bunday saʼy-harakatlar toʻxtab qolgani yoʻq. Ispaniyaning “Patentes Talgo S.L.U.” kompaniyasi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan joriy yil 16-sentyabrda “Afrosiyob” poyezdining yana bitta harakat tarkibi Ispaniyaning Bilbao portidan Rossiyaning Sankt- Peterburg portiga olib kelindi.

    Rossiyadan Oʻzbekistonga yoʻl olgan Mazkur 6- “Afrosiyob” zamonaviy elektropoyezdi sentyabr oyining soʻnggi kunlarida yurtimiz yetib keladi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.