6 oyda 551 nafar shaxs transport vositalari qoidalarini buzgani uchun sudlangan.

    Birinchi yarim yillikda transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzilishi boʻyicha qancha fuqaro javobgarlikka tortilgani maʼlum boʻldi.

    Bu haqda Oliy sud xabar berdi.

    Qayd etilishicha shu yilning 1-yarmida 1 601 nafar shaxs sudlanib, ularning 551 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 1 050 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.

    Shuningdek, 2023-yilda Jinoyat kodeksining 266-moddasida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 325 nafar shaxs sudlangan. Shundan 635 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 2 690 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.